$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 3-may voqealari

qora 3-may

Toshkentda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qolishi oqibatida u halok bo’ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 3-may kuni soat 11:50 larda Chilonzor tumani, 5-mavze, 16-uy oldida sodir bo‘lgan. Daraxt yiqilishi natijasida shu yerdan o‘tib ketayotgan enaga 1969-yilda tug‘ilgan M.Y. tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) olib ketilayotgan 2023-yil 10-aprelda tug‘ilgan qizaloqni daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan.

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.O. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro I.Z.dan 44,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Uchtepa tumanida fuqaroni Kanada davlatiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Uchtepa tumanida fuqaro I.A. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Boʻka tumanidagi “K.F.” MChJga qarashli savdo doʻkonida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hech qanday hujjatsiz 11 turdagi jami 2 943 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat