$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 1-may voqealari

qora 1-may

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi avtohalokatga uchradi

2024-yil 29-aprel kuni soat 17:00larda Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan voyaga yetmagan 2009-yilda tug‘ilgan, 8- sinf maktab oʻquvchisini urib yuborib YTH sodir etgan. Oqibatda voyaga yetmagan maktab oʻquvchisi tan jarohatlari olib RSHTYOIMSFga davolanish uchun yotqizilgan.

Buxorodagi tarixiy yodgorliklar restavrasiyasiga ajratilgan pullar «yeb ketildi»

Bosh prokuratura hamda Madaniy meros agentligi xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi bir qator tarixiy yodgorliklarni restavrasiya qilish va ta'mirlash ishlari yakunlari boʻyicha oʻrganishlar olib borildi.

Oʻrganishda, ushbu yodgorliklarda bajarilgan ish hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yoʻli bilan ajratilgan davlat byudjeti mablag‘larini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi.

Jumladan:

«Xoʻja Kalon» masjidida 731 mln soʻm;

«Xusayni» madrasasida 216 mln soʻm;

«Nodir Devonbegi» madrasasida 90 mln soʻm;

Buxoro shahri tarixiy markazi hududida joylashgan 74 ta obyektga manzil koʻrsatgich belgilari oʻrnatish uchun ajratilgan 50 mln soʻm byudjet mablag‘i talon-taroj qilingani aniqlangan.

Toshkent viloyatida inspektorlar brakonyerlar hujumiga uchradi

29-aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv havzasi shoʻbasi inspektorlari tomonidan Sirdaryo daryosining oʻng qirg‘og‘ida nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Shunday tadbirlardan birida inspektorlar brakonyerlar hujumiga uchradi.

Yer maydonlari olib berishni va'da qilgan yuriskonsult va fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shovot tuman hokimligining yuriskonsulti M.S. “Yu.Q.” fermer xoʻjaligiga qarashli 70 gektar yer maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga oʻtkazib berishni va'da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzg‘atilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan bank boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.X. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan davrida otasi S.X. rahbarligidagi “S.T.” dehqon xo‘jaligiga ushbu bank filialidan ajratilgan 300 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, O.X. fuqaro Z.X.ga imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 30 mln so‘mini hamda fuqaro Ch.M.ning kredit qarzdorligini so‘ndirib qo‘yish uchun 15 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat