$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 8-aprel voqealari

Qora 8-aprel

Bojxonada 16 ta qadimiy haykalcha to'xtatib qolindi

Davlat bojxona qo‘mitasi bergan malumotga ko‘ra, O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan madaniy qimmatliklari borligi aniqlandi. Tekshiruvda esa qiymati 41 mln so‘mlik 16 dona turli shakldagi qadimiy haykalchalar topildi.

Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 8 dona chinnidan yasalgan haykalchalar o‘tgan asrning boshlarida yaratilgan san’at namunalari ekanligi aniqlanib, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.

Rossiyada o'zbekistonliklar bo'lgan avtobus YTHga uchradi

Bugun, 8-aprel kuni taxminan soat 1:00 da Rossiyaning Kinelskiy tumanida avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Samara viloyati YHB xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi “SCANIA” rusumli avtobusni haydab ketayotib, “Ural-Muxanovo” yoʻlining 26 kilometrida YTH sodir etgan va avtobus agʻdarilgan. 2 yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgan, 10 nafar yoʻlovchi tibbiy muassasaga yetkazilgan.

Voqea joyida tergov-tezkor guruhi, viloyat Davlat yoʻl inspeksiyasi rahbariyati va Rossiya Federatsiyasi IIV hududiy boshqarmasi ishlamoqda. Politsiya xodimlari hodisaning barcha holatlarini aniqlashda davom etmoqda.

Shifoxonada 43 yoshli erkak o'zini osib qo'ydi

Bugun, 8 aprel kuni Namangan viloyatidagi shifoxonada erkak o‘zini osib, vafot etdi. 

Qayd etilishicha, soat 00:45 larda Chortoq tumani "O‘zbekiston" MFY O‘zbekiston ko‘chasida yashagan 43 yoshli erkak ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda Yangiqo‘rg‘on tumani markaziy shifoxonasi Hushyorlantirish bo‘limidagi darchaning temir panjarasiga o‘zini osib, vafot etgan

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining bugun, 8-apreldagi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro U.I.ning o‘limi "bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi" oqibatida sodir bo‘lgani, uning tanasida "bo‘yin qismidagi strongulasion egat"dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.N. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga Bandixon tumani “Quduqsoy” MFY hududidagi 1,5 gektar zaxiradagi lalmi yer maydonini 200 mln so‘mga sotishini aytib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 150 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat