$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 6-aprel voqealari

Qora 6-aprel

Hashar bahona oylik kesilishi

Bektemir tumani hokimi hamda Mahallalar uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududdagi tashkilotlarga xat yuborib, unda mart oyida o‘tgan xayriya hashari munosabati bilan barcha tashkilot, korxona xodimlarining bir kunlik ish haqini uyushma hisobiga o‘tkazib berish so‘ralgan. Xodimning roziligisiz ish haqidan hashar uchun ushlab qolish holatlari respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilgan.

7 kilo “gashish” qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chortoq-Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Chortoq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxsning yonida 2 kg 47 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 4 kg 942 gr “gashish” moddasi olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 6 kg 989 gr “gashish” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu narkotik moddalar muqaddam qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan Chortoq tumaniga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

“Qo‘riqlash” xodimidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs

Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, uning qizi yo‘l-transport hodisasida jarohat olgani va davolash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish lozimligini aytib, pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Qayd qilinishicha, 4-aprel kuni noma’lum ayol Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik postidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. U xodimga qizi yo‘l-transport hodisasida jarohat olgani, uni davolash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish lozimligini aytib, 20 ming dollar so‘ragan.

Aeroportdagi cheklovlar

Ayni kunlarda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash va odamlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida terminal hududida bir qator cheklovlar joriy etilgan.

Ta’kidlanishicha, avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakda yo‘lovchilarni tushirish 10 daqiqadan oshmasligi lozimligi, uzoqroq vaqt to‘xtash lozim bo‘lsa, avtoturargohgan foydalanish kerakligi eslatildi. Shuningdek, rekonstruksiya ishlari munosabati bilan kuzatuvchilarning Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirishi vaqtincha cheklangan.

Теги :
Jamiyat