$
 12708.86
21.16
 13817.07
26.81
 140.54
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-aprel voqealari

Qora 30-aprel

Samarqandda sof quyma oltin sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berishicha, Samarqand viloyati Narpay tumanida sof quyma oltin "savdogar"lari ushlandi.

Qayd etilishicha, DXX hamda departamentning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar Sh.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2 000 AQSH dollari va 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mast holatda davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 3 yilga “kesildi”

Joriy yilning 30-yanvar kuni Majburiy ijro byurosi Kasbi tuman bo‘limi xodimlari J. Mamatqulov, I. Jovliyev va F. Yo‘ldashevlar tomonidan ijro hujjatiga asosan fuqaro D.Polvonovning 41 mln. 660 ming soliq, davlat boji va ma’muriy jarimalarini undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida fuqaroga qarzdorlikni to‘lashi lozimligi, aks holda, qarzdorlik evaziga mulki xatlanishi tushuntirilganda, D.Polvonov spirtli ichimlik ichgan holatda, ijro harakatlariga to‘sqinlik qilib, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, xonadonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘ini olib chiqib, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilib, davlat ijrochilariga yengil tan jarohati yetkazgan.

Surxondaryoda bank boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida bank boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi. Bu haqda tarmoqlarda tarqalgan xabarni “Agrobank” ATB axborot xizmati tasdiqladi.

Bank axborot xizmatining ma’lumot berishicha, YTH 2024-yilning 18-aprel kuni tungi soat 23:00 larda sodir bo‘lgan.

Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R. va D.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida fuqaro A.S.ga 864 quti “Terafleks Advans” nomli dori vositasini 16750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan MCHJlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N-K.” MCHJ rahbari X.X. va boshqalar Qarshi shahri “G‘afur G‘ulom” MFY ko‘chasidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Теги :
Жамият