$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 3-aprel voqealari

Qora 3-aprel

“Emmi” laqabli it noqonuniy qurolni aniqladi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Andarxon” chegara bojxona posti xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan post orqali kirish yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “Xyunday” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda “Emmi” laqabli xizmat iti yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganida xizmat iti tomonidan maxsus belgi berildi. Shundan so‘ng, belgi berilgan avtotransport vositasi saloni ko‘zdan kechirilganida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda tegishli ruxsatnomalari bo‘lmagan, qiymati 2 mln. so‘mlik 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 dona pnevmatik to‘pponcha gaz balloni borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Ommaviy mushtlashuvni oldi olindi

Joriy yilning 31-mart kuni, viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmatiga Urganch tumani “Bog‘dorchi” mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqarolar o‘zaro guruh-guruh bo‘lib mushtlashishni rejalashtirganliklari to‘g‘risida maʼlumot kelib tushgan.

Ushbu maʼlumotga asosan, hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan viloyat IIB va DXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu guruhlar o‘rtasida rejalashtirilgan o‘zaro janjalning oldi olinishiga erishildi. Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashib hal qilishga uringan.

Yuk mashinasi ko‘pirik bilan birga quladi

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko‘prik yuk mashinasi o‘tayotganda qulab tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda og‘ir yuk mashinasining orqa qismi daryoga tushib ketgani va old qismi yerdan uzilib, ko‘tarilib qolganini ko‘rish mumkin. Ma’lum qilinishicha, yuk mashinasining daryoga qulab ketishi hodisasida hech kim halok bo‘lmagan. Hozirda Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlarni olib bormoqda.

Sudyaga hukm o‘qildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish doirasida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh.A.ni Jinoyat kodeksining 168-, 28-211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi. Yakunda kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Qurilish va ta’mirlashdagi talon-torojliklar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar Urganch shahridagi temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali jami 549,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yangiyo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va “T.F.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, Qirariq ko‘chasidagi 592 metr yo‘l asfalt qilingan bo‘lsa-da, 26.10.2023 yilda ushbu ko‘chani asfalt qilish bo‘yicha “Shaffof” platformasiga qo‘yib, tanlovda “T.F.” MCHJ g‘olib bo‘lgach MCHJ rahbari F.T.bilan kelishib rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 239,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat