$
 12648.12
-26.88
 13622.03
5.28
 138.42
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-aprel voqealari

Qora-4-26

“Onlayn muhabbat” oqibati

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 29 yoshli Sh.I. IIOga murojaat qilib, “Guli” tahllusli ayol uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumnida yashovchi 31 yoshli (ayol) T.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) T.S., jabrlanuvchi Sh.I. bilan telegram messenjeri orqali ishqiy yozishmalarni amalga oshirishi davomida unga bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, ma’lum vaqt o‘tgach (ayol) T.S. ushbu fotosurat va videolarni Internet orqali tarqatib, uni sharmanda qilishini aytib, qo‘rqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum bo‘ldi.

Fuqaro metroda bomba borligi haqida xabar berdi

Maʼlum boʻlishicha, “Ming oʻrik” bekati platformasida asli Fargʻona viloyatidan, ayni paytda Toshkent shahrida yollanma ishchi boʻlib ishlaydigan E.M. ismli shaxs oʻzini noxush his qilayotganini bildirgan. Natijada metro xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari chaqirtirilgan.

Bemor Mirobod tumani 7-podstansiya shifokori tomonidan koʻzdan kechirilgach, 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining zaharlanish boʻlimiga olib borilgan. Bemor shifokor tomonidan koʻzdan kechirilgan va unga “Alkogoldan oʻtkir zaharlanish” tashxisi qoʻyilgan.

Bemor tibbiy yordam koʻrsatilayotgan paytda qogʻoz salfetkaga “DXX va Ichki ishlarga telefon qil. Bomba”, deya yozib, hamshiraga bergan. Shifokor vaziyatni aniq tushunmagan holda “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilgan va “metroda bomba bor” deya xabar qoldirgan.

Holat boʻyicha Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi navbatchilik qismi tomonidan zudlik bilan “Ming oʻrik” bekatiga portlovchi moddalarni zararsizlantirish maxsus otryadi xodimlari yuborilgan. Qidiruv davomida mazkur bekat toʻliq koʻzdan kechirilgan va berilgan maʼlumot oʻz tasdigʻini topmagan.

Fuqaro E.M. bilan olib borilgan surishtiruv davomida esa u oʻsha kuni kayfda boʻlgani bois bergan maʼlumoti haqida hech narsani eslolmasligini bildirgan va jazodan shu tariqa qutilib qolgan.

Fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari ushbu MCHJga chorva mollari uchun ozuqa ekini yetishtirish maqsadida, uzoq muddatga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini hamda uning ukasi o‘zi rahbarlik qilayotgan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 17,5 gektar yer maydonini, jami 20 gektar yer maydonini o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda xaridorga 225 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.M. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar fuqaro N.I.ning ishonchiga kirib, 8 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan uning nomiga 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit olib berishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangangan.

Теги :
Жамият