$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-aprel voqealari

Qora 25-aprel

Transport vositasi havoni ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilyapti

O‘zbekistonda transport vositasi havoni me’yoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovchilar jarimaga tortilmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, 10 apreldan hozirga qadar respublika bo‘ylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazilgan.

Shundan 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotgani aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln. so‘m jarima qo‘llangan.

Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi doirasida o‘tkazilmoqda. Mazkur bosqich 10 mayga qadar davom etadi. Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan o‘tkazish belgilangan.

4 dona qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga boʻlgan urinish bartaraf etildi, deya xabar berdi Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati.

Unda “Buxoro-Vnukovo” yoʻnalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro oʻzi bilan Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketish taʼqiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi. Ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Nexia-3 ayolni urib ketdi

Andijonda Nexia-3 avtomashinasi yoʻlning belgilanmagan joyidan oʻtayotgan ayolni urib ketdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 22-aprel soat 11:40 atrofida haydovchi 1970-yilda tugʻilgan X.I. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Nexia-3” avtomashinasini Asaka tumani “Yangi sor” MFY hududida boshqarib ketayotib, yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan 1962-yilda tugʻilgan F.I.ni (ayol) urib yuborib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida, piyoda F.I. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi yiqilib tushib, halok bo‘ldi

Joriy yilning aprel oyi oʻrtalarida Istanbul shahrining Sultonbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi zinadan yiqilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 1971-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib, xushini yoʻqotgan va voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi morgda saqlanmoqda, uning Oʻzbekistondagi yaqin qarindoshlari yoki tanishlari qidirilmoqda.

Теги :
Жамият