$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-aprel voqealari

Qora 24-aprel

Erini yoqib yuborgan ayol 12 yilga “kesildi”

Samarqandda mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining qo‘l-oyoqlarini arqon bilan bog‘lab, ustiga benzin sepib, tiriklayin yoqib yuborgan 32 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi.

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, marhum va qotillikda ayblangan ayol o‘rtasida tez-tez oilaviy janjal sodir bo‘lib turgan. Sudlanuvchi ayolning ma’lum qilishicha, marhum oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmay qo‘ygan va ayolini boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblagan. Voqea sodir bo‘lgan kuni eri ayolini bir shapaloq urgani uchun ayol bolasini olib chiqib ketib, uyga spirtli ichimlik bilan qaytgan. Mastlikda shapaloq zarbidan g‘azablangan ayol erining qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, tanishiga benzin buyurtma qilgan. Ayol uyda shirakayf holatda uxlayotgan erining ustiga benzin sepib yoqib yuborgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol JKning 97-moddasi 2-qismi "v,d,j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JKning 57-moddasini qo‘llab 12 muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlandi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Qo‘shiqchi Husan 3 sutkaga qamaldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yo‘lning qatnov qismida bir nechta yigitlar avtomobillarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinani yo‘lga qo‘yib, qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi Husan o‘zining yangi klipini suratga olayotgan bo‘lgan. Shundan so‘ng Husan jamoasi bilan qo‘lga olinib, jazolangan. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida yigitlarga nisbatan sud qarori o‘qilgan.

Sud qarori bilan yigitlarning har biriga MJtKning 194-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida jarima va MJtKning 183-moddasiga asosan uzil-kesil 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Er rashk sabab xotinini pichoqladi

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, hodisa 22-aprel kuni Qorako‘l tuman “Polvonlar” MFY “Polvonlar” qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Shu yerda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan marhuma ayolning turmush o‘rtog‘i 1975-yilda tug‘ilgan erkak rashk zamirida ayol bilan janjallashib, unga oshxona pichog‘i bilan bir necha tan jarohati yetkazgan. Oqibatda, ayol vafot etgan.

Qalbaki dollarlar savdosiga chek qo‘yildi

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IIO bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qalbaki 20 ming AQSH dollarini haqiqiy 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Aniqlanishicha, ushbu shaxs muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham qalbaki 400 AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davomida, voqea joyiga birga kelgan uning sherigi – Oltiariq tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning salonida ham qalbaki 10 500 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir davomida jami qalbaki 22 900 AQSH dollari prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Rejissyor Shamsiddin Qodirov vafot etdi

Navro‘z xalq sayillari, Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ommaviy bayram va konsert dasturlarini mohirona sahnalashtirib, madaniyat va san’atimiz targ‘ibotiga katta hissa qo‘shgan rejissyor Shamsiddin Qodirov 63 yoshida vafot etdi.

Shamsiddin Qodirov madaniyat sohasidagi 37 yillik faoliyati davomida tomosha san’atining yangidan jonlanishi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘sha olganlar shaxslardan biri edi.

Теги :
Жамият