$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-aprel voqealari

Qora 20-aprel

Kartadan 50 millionni yechib olgan “shovvoz” qo‘lga tushdi

Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) S.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 50.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, Nukus shahrida yashovchi 32 yoshli U.N. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.N. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ikki dona tog‘ lolasi 1,7 millionga tushdi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tog‘ lolasini uzgan yigitga chora ko‘rildi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Reyd davomida tumanning Chetsuv mahallasi tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasi uzib olingani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 1,7 mln so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llangan.

Ikki quruvchi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlarida ikki ishchi faoliyati vaqtida baxtsiz hodisa qurboniga aylanib vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat Kambagʻalallik va bandlik boshqarmasi.

“Birinchi buyruqqa koʻra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-sonli oʻquv binosini mukammal taʼmirlash ishlarida ishlagan 1984-yilda tugʻilgan fuqaro Q.Sh. shiftga gipsakarton oʻrnatish jarayonida balandlikdan yiqilishi natijasida vafot etdi”, – deyiladi xabarda.

Angrendagi korxonaning kesish boʻlimida operator lavozimida ishlagan 1994-yilda tugʻilgan ishchi M.A. esa gazabloklarni tozalash uskunasi oldida chiqindilarni tozalayotgan vaqtida paddon va kran koʻtaruvchi uskuna orasiga qisilib qolishi natijasida ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.

“Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Теги :
Жамият