$
 12632.22
22.05
 13478.58
-48.35
 134.39
-0.85
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-aprel voqealari

Qora 19-aprel

Yangi firibgarlik

Firibgarlar tomonidan "liil.khuramov" nomi bilan tanilgan bloger Ozod Xuramovning videotasvirini maxsus dastur yordamida soxtalashtirish yo‘li orqali “Telegram” messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda "Alhamdulillah Pull" nomli kanal go‘yoki halol savdo ekanligi taʼkidlanib, internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni vaʼda qilib, virtual firibgarlik bilan shugʼullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolgʼon va haqiqatga mos kelmaydi.

Sobiq menejer tadbirkorning 943,1 mln. so‘mlik materiallarini o‘zlashtirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.А.” MChJning transport bo‘limi sobiq menejeri M.X. umuman harakatlanmagan yoki qisqa masofaga harakatlangan avtotransport vositalariga yogʼilgʼi-moylash materiallari sarf qilinganligi to‘gʼrisida hujjatlarni rasmiylashtirib, tadbirkorning jami 943,1 mln so‘mlik mahsulotini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i firibgarlikda gumonlanmoqda

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʼi Merey Omonboeva firibgarlik jinoyatini sodir etganlik va pora berishda ishtirokchilikda gumonlanyapti.

Rasmiy manbaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zgʼatilgan.

Hozirda Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat organlarida tazyiq o‘tkazilgani bo‘yicha teshiruv boshlandi

Bosh prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan mansab vakolatlari suiisteʼmol qilingan holda ekologiya vazirligining Yakkasaroy, Shayxontohur va Uchtepa tumanlari xodimlariga nisbatan ko‘chatlar ekilganligi to‘gʼrisidagi asossiz maʼlumotlarni maxsus elektron platformaga kiritish borasida tazyiq o‘tkazilganligi haqidagi xabar asosida tekshirish boshlandi.

Tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda eʼtirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Аfgʼonistondagi zilzila O‘zbekistonga ham taʼsir qildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 20:15 da (18.04.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 15:15 da) Аfgʼonistonda zilzila sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Fargʼona viloyatida 2 ball, 125 km.

Namangan viloyatida 2 ball, 162 km.

Sirdaryo viloyatida 2 ball, 163 km.

Аndijon viloyatida 2 ball, 189 km.

Теги :
Жамият