$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-aprel voqealari

Qora 17-aprel

Ko‘k “Jiguli” yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Hozirgina Andijon, Shahrixonda ko‘k Jiguli yonib ketibdi” sarlavhali videoxabar yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 16-aprel kuni soat 12:46larda Shahrixon tumani Ortish mahallasi hududida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. boshqaruvidagi ko‘k rangli “VAZ 2101” rusumli avtomashina to‘xtab turgan joyida salon ichidagi elektr qismidagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv oqibatida yonib ketgan. Tuman FVB o‘t o‘chiruvchilari tomonidan soat 13:07 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inda avtomashinaning dvigateli va salon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va atrofga o‘tib zarar yetkazishi holatlari ro‘y bermagan.

Xalqaro qidiruv

Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilyapti. U fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs Atabayev Fazliddin Faxritdinovich bo‘lib, 1986-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan vatandoshlardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIVga xabar berish so‘ralmoqda.

IIB inspektori pichoqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida “uchastkovoy” pichoqlanganligi haqida xabar tarqaldi. Aniqlanishicha, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo‘layotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelishgan.

Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlarining biriga ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Attraksion trosi uzilishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

16-aprel kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ushbu holat shaharning At-Termiziy ko‘chasida joylashgan Termiz avenue park MCHJga qarashli Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 4 nafar — 11 va 15 yoshli qizlar hamda 27 va 29 yoshli ayollar jarohatlangan.

Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

Теги :
Жамият