$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-aprel voqealari

Qora 16-aprel

Tolibon O‘zbekiston orqali o‘tgan sifatsiz benzinni qaytarib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston hukumati sifati past bo‘lgani uchun 120 tonna neft mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bojxona qo‘mitasining mazkur holatga oydinlik kiritishicha, “voqelik biroz noto‘g‘ri talqin qilinmoqda”. Qayd etilishicha, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va O‘zbekiston hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.

“Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024-yil 6-aprel kuni “Ayritom” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan”, – deyiladi Bojxona qo‘mitasining rasmiy axborotida.

Yerning noqonuniy savdosi orqasidan 5 kishi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar shaxs Ohangaron tumanidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan MChJga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida berilgan 96,6 gektar yaylov yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 70 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, maklerlar ushbu noqonuniy ishni Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, sho‘’ba boshlig‘i hamda bosh mutaxassis lavozimlarida ishlovchi 3 nafar shaxs orqali hal qilmoqchi bo‘lganliklari aniqlanib, ular ham qo‘lga olindi.

Elektr-energiyasi va tabiy gazning narxi oshmoqda

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganini ma’lum qildi. Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yil 1-maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.

“Nexia-3” buklanib qoldi

Buxoroda “Neksiya-3” avtomashinasi ikki buklanib qoldi. Vafot etgan yoxud og‘ir jarohatlanganlar yo‘q.

Ta’kidlanishicha, holat ikki kun ilgari Buxoro shahridagi Qizilqum ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Neksiya-3” avtomashinasi egasi, fuqaro Yu.S. avtomashinani yuqori tezlikda boshqargan va ko‘cha muyulishida to‘siqqa uchragan. Kuchli zarbali urinish oqibatida voqea joyining o‘zida “Neksiya-3” teng o‘rtasidan bukilib ketgan.

Farg‘onadagi muzeyda yong‘in chiqdi

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozitsiya zalida joriy yilning 11-aprelida yong‘in sodir bo‘lgan.

Kun.uz nashri manbasiga ko‘ra, jamoatchilikdan sir tutilgan yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari tomonidan yasalgan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan.

O‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi maktabda o‘qituvchi xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun ularning qo‘liga igna va “samorez” sanchib kelgan, deya xabar berdi “Daryo”. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olinganini bildirdi.

Qayd etilishicha, 16-aprel kuni tumanning 277-o‘rta maktabida 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari maktab direktorining huzuriga kelib, sinf rahbari S.R. (ayol)ning ustidan shikoyat qilgan.

Murojaatda ota-onalar sinf rahbari o‘quvchilar qo‘lining kaft qismini ustiga “samorez” va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazgani, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.

Xususan, holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan beri takrorlanib kelgan. O‘qituvchi bolalarga bu haqda kimgadir aytishsa, bundan battarini qilib, qo‘llariga mix tiqishini aytib qo‘rqitgan.

Теги :
Жамият