$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-aprel voqealari

Qora 13-aprel

Koʻcha talashgan mushtumzoʻrlar 

Maʼlum boʼlishicha, 2024-yilning 11-aprel kuni kech soat 22:00 larda, fuqaro F.F. boshqaruvida boʼlgan “Damas” rusumli transport vositasi bilan Shahrisabz shahar, “Nomozgoh” MFY, T.Boxodir koʼchasi boʼylab boshqarib borayotgan vaqtida, fuqaro S.B. boshqaruvida boʼlgan transport vositasi bilan bir-biriga yoʼl bermasdan harakatlanishgani oqibatida uzaro tortishib qolishgan. 

Ular T.Boxodir koʼchasida joylashgan dorixonaning oldida transport vositalarini toʼxtab, fuqaro F.F boshqaruvida boʼlgan “Damas” rusumli transport vositasi salonida boʼlgan fuqarolar Q.А, B.X, S.S, А.M.lar transport vositasidan tushib kelib, oʼzaro janjal qilib, fuqarolar S.B, S.Sh.larga tan jarohati yetkazishgan. 

"Activist" muallifi YTH ga uchradi 

12-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʼzbekiston koʼchasida 2005-yilda tugʼilgan I.Q. boshqaruvidagi Monza, 1997-yilda tugʼilgan Xojiakbar Nosirov (“Activist” loyihasi muallifi) boshqaruvidagi BYD va 1993-yilda tugʼilgan A.A. boshqaruvida boʼlgan Cobalt orasidan katta tezlikda oʻtib ketmoqchi boʻlib YTH ga uchradi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Jizzaxda 2 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan YTH 

13-aprel kuni Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 998-kilometrida Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi orqasiga borib urildi. Oqibatda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli va Mo‘ynoq tumanlarida yashovchi 2 kishi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda 1 nafar fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan. 

Guvohnomasiz haydovchi piyodaning umriga zomin boʻldi 

12-aprel kuni soat 12:30 atrofida Toshkent shahri Yunusobod tumanining Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 19 yoshli K.Sh. Nexia 3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, 49 yoshli piyoda A.R.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.  

Oʻquvchining qarindoshlari oʻqituvchini kaltakladi  

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi 25-maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va 9-sinf oʻqituvchisi orasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Voqeadan xabar topgan oʻquvchining qarindoshlari esa oʻqituvchini doʻpposladi. 

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolovning maʼlum qilishicha, oʻqituvchining qoshi yorilgan. Voqea haqida IIB xodimlariga ham xabar berilgan. Ayni paytda oʻqituvchi shifoxonada.

Теги :
Jamiyat