$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 12-aprel voqealari

Qora 12-aprel

YTHda uch haydovchi jarohatlandi

Poytaxtning Yangihayot tumanida 11-aprel kuni kechki payt 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri IIBB YHXB axborot xizmati.

Soat 21:50 da tumanning Qo‘rg‘ontepa 1-tor ko‘chasida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari ishtirokida mazkur hodisa ro‘y bergan. Oqibatda 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Bankomatni tunagan shaxs qo'lga tushdi

Joriy yilning 12-aprel kuni soat 03:38da Urganch shahar qoʻriqlash boʻlimi Monitoring markaziga, shaharning Xonqo koʻchasida joylashgan “Hamkorona”ga tegishli boʻlgan bankomatdan tashvish xabari kelib tushgan.

Olingan xabarga koʻra va koʻrsatilgan manzilga yetib borgan qoʻriqlash boʻlimi tezkor guruh xodimlari tomonidan, bankomat muhri buzilganligi hamda seyf eshiklari ochiq holatda ekanligi aniqlanib, yashirinishga uringan nomaʼlum shaxs voqea joyidan uzoq boʻlmagan hududda qoʻlga olingan va Urganch shahar 2-sonli IIBga topshirilgan.

Andijonda yuriskonsul qo'lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi yuriskonsulti G.E. “E.H.” MCHJning 57 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlarga yubormasdan, yetkazilgan zararni yo‘q qilib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 400 AQSH dollari va 5 mln so‘mni tanishi F.B. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryodagi jinoyatchi Toshkentda qo'lga tushdi

Qashqadaryo viloyatida qidiruvga berilgan jinoyatchi Toshkent shahrida qo‘lga tushdi.

Qayd etilishicha, fuqaro S.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun Mirishkor tuman IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Tumanning “Mirobod” MFYda yashovchi, fuqaro S.A. Mirishkor tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahar hududida qo‘lga olingan.

Теги :
Jamiyat