$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 1-aprel voqealari

Qora 1-aprel

 “Cobalt” va yuk avtomobili ishtirokida YTH

28-mart kuni soat 10:40 atrofida Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida Cobalt avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli Cobalt haydovchisi Buxoro-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruv paytida uxlab qolgan. So‘ng o‘zidan oldinda ketayotgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda yengil transport vositasi haydovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan. Mashina salonida bo‘lgan 31 va 22 yoshli fuqarolar jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shilqim haydovchi 5 sutkaga “kesildi”

Toshkentda mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan ayolning qaddi-qomatini tavsiflab, oyog‘ini ushlagan 30 yoshli haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Sudda haydovchi “skorost”ga urayotganida qo‘li ayolning oyog‘iga tegib ketganini aytgan. Ayol esa suhbatni yozib olganini bildirgan.

Shahrisabzda sambochi To‘ra Avloqulov otib ketildi

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi. Unga o‘q uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Bunga sabab sportchi do‘sti bilan hududdagi kafelardan birida ovqatlanib, mast holda pulini to‘lamasdan chiqib ketgani bo‘lgan.

YTHda ikki haydovchi shikastlandi

31-mart kuni soat 22:45 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Seul ko‘chasida YTH ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda YHXB axborot xizmati.

Unda 3 ta avtomobil ishtirok etdi: Nexia 3 (haydovchisi 30 yosh) va 2 ta Cobalt (haydovchilari 22 va 42 yosh). Hodisa qanday yuz bergani bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

YTH oqibatida 22 va 30 yoshli haydovchilar jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Теги :
Jamiyat