$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

"Qora dayjest": 2024-yil 9-mart voqealari

negative 9 march

Elektr energiyasi o'g'rilari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson va Chiroqchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.M.” va "R.A." fermer xo‘jaliklari va “M.A.” MCHJ mas’ul shaxslari suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 213,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo'yildi

Namanganning Pop tumanida fuqarolar J.A. va E.I. “Gentra” rusumli avtotransport vositalarida hech qanday hujjatsiz 5 turdagi umumiy bahosi 115,7 mln so‘mlik jami 10 810 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shaharida sotish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ham fuqaro O.R. tanishi E.Sh.ning boshqaruvidagi "Tracker" rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz 5 turdagi jami 2 847 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini Chiroqchi tumanida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Poraxo'r prokuror o'rinbosari qo'lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Asaka tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi Asaka tumani prokurori o‘rinbosari orqali, mazkur tuman prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida, qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini o‘zgartirib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zarar summasini qayta nazorat-o‘lchov tadbirlari o‘tkazish orqali kamaytirib berish evaziga, ayblanuvchining yaqinlaridan 15 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

77,1 tonna iste'molga yaroqsiz yog' mahsulotlari aniqlandi

Departament Amudaryo tumanida Buxoro viloyati, Romitan tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan “T.” MCHJ hamda Amudaryo tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “A.” MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, “A.” MCHJga tegishli noturar binoda yogʻ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilganliklarini aniqladi.

Tadbir davomida, ushbu yashirin sexdan qoʻlbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti, 19 460 dona xoʻjalik sovuni, 10 tn. paxta chigiti, 3 tn. kunjara, 32 ta rulon yorliqlar, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 mlrd soʻmlik tovarlar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat