$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

"Qora dayjest": 2024-yil 7-mart voqealari

Negative 7-march

“Cobalt” yo‘l chetidagi 5 kishini urib ketdi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. IIV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 5-mart kuni kechki payt sodir bo‘lgan.

1997-yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt mashinasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgan. Oqibatda piyodalarning ikki nafari og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Fohishalikka majburlangan qiz

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga “Istiqbolli avlod” NNT orqali Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumanida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan A.D.dan murojaat kelib tushgan.

Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. So‘ng bir tanishi uni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi qandaydir xonadonga olib borgan, mazkur xonadon egasi bo‘lgan ayol esa uni fohishalikka majbur qilgan, lekin muayyan vaqtdan keyin u yerdan qochib keta olgan va ko‘mak so‘ragan.

Qashqadaryoda 3 ta bloger tovlamachilikda ayblanib qamoqqa olindi

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Sh. P. (erkak, 1977 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, «Inson huquqlari» mustaqil tashkiloti a’zosi, “Himoyachi blogerlar” MChJ rahbari, muqaddam sudlangan), N. K. (ayol, 1980 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan) va D. X. (ayol, 1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, muqaddam sudlangan) ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi Sh. P., N. K. va D. X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

34 yoshli ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topildi

Ayolning otasi Shapoat Rahmonovning bildirishicha, 1990-yilda tug‘ilgan qizi Feruza Toshpo‘latova 2009-yilda Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasida yashovchi Amirov Qahramon Xurramovichga turmushga chiqqan. Er-xotin 2024-yil yanvar oyigacha birga yashashgan. Ularning 3 farzandi bo‘lgan.

2024-yil 6-fevral kuni o‘z otasining uyida bo‘lgan Feruza Toshpo‘latovaga turmush o‘rtog‘i Qahramon Amirov qo‘ng‘iroq qilib, u bilan uchrashmoqchi ekanini aytgan. Ayol uydan chiqib, turmush o‘rtog‘ining mashinasiga minib ketgan. So‘ngra uning daragi bo‘lavermagach, 10 kunlar o‘tib, yaqinlari IIBga xabar bergan. Ammo ayol hech qayerdan topilmagan.

1 mart kuni Feruza Toshpo‘latovaning jasadi hududdagi jarlikdan topilgan.

Теги :
Jamiyat