$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 5-mart voqealari

negative-24-3-5

YTHda 1 kishi halok bo‘ldi

4-mart kuni soat 21:00 larda Olmazor tumani Jarariq ko‘chasi 11-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, voyaga yetmagan haydovchi Q.S. (2008-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina, R.R. (1984-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan “Nexia 2” rusumli avtomashina hamda R.A. (2000-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida “Nexia 2” haydovchisi tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, “Spark” haydovchisi hamda yo‘lovchisi (2009-yilda tug‘ilgan) shifoxonaga yotqizilgan.

Prokuror o‘rinbosari va IIB tergov bo‘linmasi sobiq xodimi qo‘lga olindi

AndijonningAsaka tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi sobiq xodimi Asaka tumani prokurori o‘rinbosari orqali mazkur tuman prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini o‘zgartirib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zarar summasini qayta nazorat-o‘lchov tadbirlari o‘tkazish orqali kamaytirib berish evaziga, ayblanuvchining yaqinlaridan 15 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan “O‘rtachirchiqtumangaz” ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.T.” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Yoʻlovchiga shahvoniy buzuqlik qilgan avtobus kassiri qamaldi

Toshkent shahridagi 9t-sonli avtobus chiptachisi, 1996-yilda tugʻilgan I.A. yoʻlovchi ayolga bir necha marotaba shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan gaplarni aytgan. Ayol oilasi borligini bildirsa ham, yigit birga jinsiy aloqada boʻlishni taklif qilgan. 4-mart kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida ayol I.A.ga nisbatan qonuniy jazo berishni talab qilgan. Avtobus chiptachisi ham yuqorida koʻrsatilgan huquqbuzarlik harakatiga toʻliq iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishlarini soʻragan. Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida yuqoridagilarni inobatga olgan holda avtobus chiptachisiga sud hukmi oʻqildi. Hukmga koʻra, I.A. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga shu moddaga asosan 3 (uch) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.