$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 4-mart voqealari

Qora 04 03

 “Radar” avtomobili o‘quvchini urib yubordi

Surxondaryoning Denov tumanida radar o‘rnatilgan avtomobil maktab o‘quvchisini urib yubordi. Denov tumanida radar o‘rnatilgan avtomobilning 11-sinf o‘quvchisini urib yuborishi natijasida bola bosh miya chayqalishi tashhisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘quvchi piyodalar o‘tish joyiga yetmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida baxtsiz hodisaga uchragan.

Giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar davom etmoqda. Shulardan biri, joriy yilning joriy yilning 24-fevral kuni Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1991 yilda tug‘ilgan Korniyenko Georgiy Valeryevich to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 21 dona o‘ramdagi “gashish” va “Mefedron” giyohvandlik vositalari boriligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.M. va boshqalar Zamaxshariy ko‘chasidagi xonadonda umumiy bahosi 391,9 mln so‘mlik 9 turdagi jami 20 890 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish uchun saqlab qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Shu kabi holat Namangan tumanida ham aniqlangan. Unda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Ya.M. va T.S. (muqaddam sudlangan) jami 6 500 quti “Milano London” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro M.X.ga 4 420 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 16 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Navoiy viloyatida ham tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.B. o‘zining “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz 3 turdagi jami 1 350 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini o‘tkazish maqsadida Navoiy shahriga olib kelayotgan vaqtida ashyoviy dalil sifatida olingan.

59 yoshli pedofil 5 sutkaga “kesildi”

Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 2024 yil 5 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor qo‘rg‘onida voyaga yetmagan, 2011-yilda tug‘ilgan qiz maktabdan chiqib ketayotib, manziliga yetib olish uchun mashina to‘xtatgan. Shu vaqtda 1965-yilda tug‘ilgan A.N. o‘zining boshqaruvidagi mashinasini to‘xtatib, qizni uyiga olib borib qo‘yish jarayonida uning telefon raqamini olgan. So‘ngra u qizga fevral oyining turli kunlarida sha’ni va qadr qimmatini kamsituvchi so‘zlardan iborat SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.

Теги :
Jamiyat