$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-mart voqealari

Qora -30-mart

22 tup daraxt – 171 million so‘m

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtlarni kesib tashlagan 3 nafar fuqaro tabiatga yetkazgan zarari uchun 171 milliondan ortiq jarima oldi. Tumandagi “Xo‘jalar” MFY hududida mavjud daraxtlarning kesilishi aholini tashvishga solgan. Odamlar huquq-tartibot organlariga murojaat bilan chiqishga majbur bo‘lishgan.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Qorako‘l tuman IIB bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish ishlari davomida Qorako‘l tumani “Xo‘jalar” MFY hududidagi 22 tup har xil o‘lchamdagi manzarali daraxtlar  3 nafar fuqaro tomonidan kesib tashlanganligi aniqlangan.

Bildirilishicha, tabiatga yetkazilgan ushbu zararni keltirib chiqargan uch fuqarodan 146 million 200 ming so‘m hamda 25 million 500 ming so‘m jarima unidiriladi.

“TOEFL” sertifikatini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun “TOEFL” sertifikatini olib berishni va’da qilib, evaziga 1 100 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkent shahar IIBB aholini firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

Aytilishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini tergovchi deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, deyiladi ichki ishlar mahkamasi xabarida.

Elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi

Andijonda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog‘och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln. so‘m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog‘iga ulab berishini va’da qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Suriyadagi terrorchilar safiga borib qo‘shilgan erkak qidirilmoqda

Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Abdullayev Dilshodbek Solijonovich 1982-yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan.

U 2018-yilda Janubiy Koreyaga borib, u yerda Xalqaro terrorchilik tashkilotining bo‘linmalaridan biri hisoblangan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik guruhi a’zolarining ta’siriga tushgan.

Mazkur shaxsning hozirgi kunda Suriyadagi terorchilar safida faol ishtirok etib kelayotgani bo‘yicha tezkor ma’lumotlar olingan.  


Теги :
Jamiyat