$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-mart voqealari

negative-24-3-29

Uyida “marixuana” yetishtirgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirda uyning tom qismida “marixuana” giyohvandlik moddasini yetishtirayotgan shaxs ushlandi. Daliliy ashiyolar ichida giyohvandlik moddalarining urug‘lari, qurutilgan holatdagilari, tarozi va boshqa sotish uchun mo‘ljallangan buyumlar topildi. Xonadon egasi 173 ta tuvakka “marixuana” ekib, ularni issiqxona usulida uyning tomida yetishtirgan.

Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

1988-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan shaxs 2001-yilda tug‘ilgan fuqaroni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yuborishni va’da qilib, undan 36 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni oladi.

Biroq Meksika orqali AQShga o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro chegara xizmati tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi. Shundan so‘ng u sarflangan pullarini qaytarishni talab qilib, 18 ming AQSh dollarini oladi.

“Uddaburon tadbirkor” mijozining bu harakatlaridan keyin unga nisbatan adovati uyg‘onib, Toshkent shahrida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Meksikadan qaytgan fuqaroni o‘g‘irlab, undan pul talab qilishni rejalashtiradi.

Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Yuqorichirchiq tumanidagi dalahovliga o‘g‘irlab kelingan shaxs topildi va buyurtmani bajarish uchun talab qilingan pullarni qabul qilib olgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi.

Bitmagan bino qismlari qulab tushdi

Toshkentda qurilishi bitmagan binoning beton bo‘laklaridan biri qulab tushdi. Qayd etilishicha, holat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi 2/1-uy manzilida joylashgan, yerto‘laga ega sakkiz qavatli ofis va umumovqatlanish binosi qurilishida sodir bo‘lgan.

Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, qurilish-montaj ishlarining ko‘p yillar davomida moliyaviy sabablarga ko‘ra to‘xtatib turilgani va hozirda obektda qurilish ishlarini davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari kechayotgani aniqlangan. Yollanma ishchilar tomonidan obekt devorlarini demontaj qilish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida beton bo‘laklaridan biri qurilish maydonidan tashqariga tushgan.

Kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.J.” MCHJ mas’ul shaxslari bankning Sardoba bank xizmatlari markazidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga Fitnes klub va kompyuter xizmatlarini tashkil etmasdan sotib olingan kompyuter jihozlarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, 400 mln. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.