$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

"Qora dayjest": 2024-yil 13-mart voqealari

negative-24-3-13

Ham aytamiz, ham qaytamiz

O‘zbekistonda 12-mart kuni elektr energiyasi yetkazib berishda 150 MVt gacha cheklovlar kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi. Uning bildirishicha, ushbu cheklov 11—12-mart kunlari mamlakat bo‘ylab yuz bergan kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli tarmoqlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida, shuningdek, kutilmagan avariyalarning oldini olish maqsadida kiritildi. Elektr energiyasi yetkazib berishda cheklovlar 17-fevraldan buyon amalga kiritib kelingandi. 

"O‘zenergoinspeksiya"ning dahshatli statistikasi

Joriy yilning o‘tgan davrida 88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma’lum qildi. “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2 156 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Shuningdek, so‘ngi ikki oyda kripto aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 42 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 26 mlrd. 82 mln. so‘m (7 mln. 999 ming kilovatt-soat) miqdori qayta hisob-kitob qilingan.

O‘zbekistonda yangi "rekord" qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 546,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 5,60 so‘mga oshib, 13 705,27 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,79 so‘mga tushdi va 137,01 so‘mni tashkil etdi.

Noqonuniy qazuvchilar

Samarqandda daryodan noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgan fuqarolar 30,6 mln so‘m jarimaga tortildi. Holat Ishtixon tumanida yuz bergan. 7 kishi Qoradaryo o‘zanidan qum-shag‘al qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berishayotganligi aniqlangan. Holat yuzasidan 7 nafar qonunbuzarga nisbatan jami BXMning 90 baravari miqdorida jarima qo‘llangan.