$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

"Qora dayjest": 2024-yil 12-mart voqealari

Qora 12-mart

 Qurilish maydonida ishchi vafot etdi

Toshkent shahrining Yangi Darxon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketib, vafot etdi.

Dastlabki sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, o‘limga hayot bilan nomutonasib jarohat, bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o‘tuvchi sinishlari, boya miya lat yeb majaqlanishi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi va yettinchi ko‘krak umurtqalari sinishlari, orqa miya lat yeyishi, ko‘krak qafasi yopiq to‘mtoq jarohati, to‘sh suyagi, o‘pkalar lat yeb yorilishlari, bosh sohasi ezilib yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolar kam qonligi sabab bo‘lgan.

Chegarada ushlangan 2 kilo gashish

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida bojxona xodimlari hamda DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘rik vaqtida tirkama ostiga 2 dona polietilen o‘ram magnit vositasida yopishtirilgani aniqlangan. Ushbu o‘ramlar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida ularning ichida 1 kg 981 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Maktab kompyuterlarini “yegan”lar aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabariga ko‘ra, maktablarga yetkazib berilgan kompyuterlarning texnik xususiyatlari o‘rganilganida shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borib, bir nechta holatlarni aniqlagan.

Unga ko‘ra, “O‘quv ta’lim-ta’minot” DM va “Smart Sales Leader” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha elektron vositalar yetkazib berilmagan va jami 919 mln 360 ming so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

“Yog‘li” ishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O‘. fuqaro Ya.E.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.E. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Maktabda yong‘in

Bugun, 12-mart kuni soat 09:56 da Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan 85 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Теги :
Jamiyat