$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

"Qora dayjest": 2024-yil 11-mart voqealari

Qora 11 mart

“Mayningchi” xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Elatan” MFY hududidagi xonadonda yashovchi A.Q. oʻz uyida 4 dona toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Metan “zapravka”da portlash

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda metan gaz zapravkasi portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Sirdaryo FVB holat yuzasidan izoh berdi

Joriy yilning 9-mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasidagi Kompressor qismining bir boʻlagi shikastlangan.

Hodisa oqibatida chaqnash va yongʻin sodir boʻlmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz toʻldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.

Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs

Rishton tumani IIB TQX va tuman DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Qayd etilishicha, Rishton tumani Qoshqayron MFY hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonadan 1 dona 2 stvolli, 16 kalibrli, qirqma ov quroli va 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik vintovkasi borligi aniqlandi. Shuningdek, yashash xonadoni avtomashina garajida 5,6 kalibrli ov qurolining 160 dona o‘q-dorilari, ov qurolining 33 dona yarim tayyor o‘qlari, ov qurolining 1.500 dona sochma o‘qlari va 500 dona kapsullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Toshkentda kollektordagi suv oq rangda oqmoqda

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida olib borilgan oʻrganish natijalari boʻyicha mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. U qurilish materiali hisoblangan (suyuq shpaklevka)ni qonunga xilof tarzda kollektorga oʻzboshimchalik bilan oqizgani aniqlandi

Davlat inspektori tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning oʻn barobari (3 400 000 soʻm) miqdorida jarima belgilandi.

Ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari boʻyicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama toʻlovlari undiriladi.

570,7 mln. soʻmlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.Q.” MCHJ rahbari G.D. polietilen chiqindilarini qayta ishlash sexida hech qanday hujjatsiz elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulanib, jami 570,7 mln soʻmlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat