$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 1-mart voqealari

qora 01 03

Bolaning o‘yinchoq quroli “onasi”ni javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi I.A. o‘yinchoq to‘pponchani beliga qistirib, sinf doskasi oldida turgan holatidagi fotosuratini Instagram sahifasiga joylagan.

Keyinchalik bu fotosurat boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan. Mazkur holatdan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan “Oqqo‘rg‘on” MFY inspektori, ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. O‘quvchining onasi holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. O‘quvchining o‘yinchoq to‘pponchasi mahalla inspektori tomonidan olib qo‘yilgan.

Qalandar baxshi vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Ro‘zimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Ro‘zimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951 yil 15 iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tavallud topgan. U 1990 yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

Qalandar baxshi xalq ijodiyotining an’anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qo‘shiqlari va masxarabozlik yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan “Avazxon” folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida ko‘p yillar faoliyat yuritgan.

2001 yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.

Iste’molgan yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdosiga chek qo‘yildi

Namanganning Koson tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Kasbi tumani “Tinchlik” MFY hududida 2 nafar fuqaroga jami 600 dona "Russkaya vodka" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Yakkabog‘ tumanida ham "A." MCHJ rahbari A.A. Qamashi tumani, “O‘zbekiston” MFY hududida xaridorga jami 320 dona "Russkaya vodka", "Ne vodka", "Shahrisabz" va "Sabranie" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Advokat 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Qoraqalpog‘istonda Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo‘yicha ma’lumotlar rasmiylashtirildi.

Ta’kidlanishicha, jinoyat Kengash tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida fosh qilingan. Advokat Z. Ya. joriy yilning 29-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda sudyaga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Теги :
Jamiyat