$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 26-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

qora 24-2-26

Prezident sovg'alari egalariga topshirildi

"Yosh kitobxon" tanlovining 2023 yilgi mavsumida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan kitobxonlarga Prezident sovg'asi "Kobalt" avtomobili topshirildi.

Bular: Samarqand viloyatida yashovchi Nargiza Muhammadova 10-14 yosh toifasida;

Qashqadaryo viloyatidan Mironshoh Nurmatov 15-19 yosh toifasida;

Toshkent shahridan esa Gulhayo Soliyeva 20-30 yosh toifasida 1-o'rinni egallab, "Kobalt" sohibi va sohibalariga aylanishdi.

O'zbekistonlik Osiyo qo'l jangi federatsiyasi rahbari

Toshkentda qit'aning 15 ga yaqin davlatidan ketgan delegatlar ishtirokida Osiyo qo'l jangi federatsiyasining kongressi bo'lib o'tdi. Delegatlarning ovoz berishi yo'li bilan hamyurtimiz Baxtiyor Mirzaqulov Osiyo qo'l jangi federatsiyasi prezidentligiga saylandi.

Tibbiy ma'lumotni onlayn olish yo'li

Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas. Bu uchun tibbiy maʼlumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

Yubiley munosabati bilan davlat tabrigi

O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘anga qo‘ng‘iroq qilib, uni 70 yoshi bilan tabrikladi. Suhbatda Shavkat Mirziyoyev “zamonaviy Turkiyaning barpo etilishi va global maydondagi nufuzi yuksalishida” uning o‘rni yuqoriligini ta’kidladi.

Osiyo chempionatida 13 ta medal

Bahrayn poytaxti Manama shahrida 16-25 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur qit’a chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi. Yoshlar o'rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladik. O‘smirlarimiz esa 2 tadan oltin va bronza hamda 1 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.