Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

“Qora dayjest”: 2024-yil 24-fevral voqealari

“Tashlandiq maktab” muammosi, soxta haydovchilik guvohnomasi va haqiqiy yo’llar, “Baxti Tashkentskiy”ning qo’lga olingan qarindoshi, poraxo’r davlat xodimi - kunning "qora" xabarlari bilan tanishing.

2 daqiqa o‘qiladi

qora dayjest 24-2-24

“Tashlandiq” maktab

“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ko’plab hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi, ammo e’tibordan chetda qolgan qismlar ham yo’q emas ekan. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Talishbe mahallasiga qarashli 47-maktab binosi mustaqillikning dastlabki yillarida hashar orqali qurilgan. Aslida 120 o’ringa mo’jallangan maktab binosida 200ga yaqin o’quvchi tahsil olishi va sinf xonalari yetishmasligi, sport zali, kompyuter va kutubxonadan mosuvo holda o’quvchilar tahsil olishi achinarli. To’liq ma’lumot uchun: havola

Soxta “prava” olgan bo’lishingiz mumkin

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik qilish va soxta ma’lumotlar, yaroqsiz hujjatlarni sotish va sotib olish holatlari ko’p uchramoqda. Bunday holatlar ichida soxta haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, oson yo’l bilan haqiqiy yo’lga chiqib insonlar hayotiga xavf tug’dirishini bilmagan odamlar aldanib qolishmoqda. Sizga haydovchilik guvohnomasini ma’lum bir mablag’ evaziga olib berishni va’da qilib, sizni chuv tushirish maqsadida bo’lgan firibgarlarga aldanib qolmang.

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi qo’lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy"ning akasi Shuxrat Qudratullayevni qo‘lga oldi. U avvalroq qidiruvga berilgandi. U Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan.

Pora bilan qo’lga tushgan IIB bo’limi xodimi

DXX o’tkazgan reyd davomida 3 viloyat, shu jumladan Jizzaxda ham IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig’i pora bilan qo’lga olindi. Jizzaxda kuzatilgan holatda, Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo’limi hibsxonasi boshlig’i , hibsxonada saqlanayotgan ayblanuvchiga nisbatan uning ishida “yengillik” yaratib berishini aytib, evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan va so’ralgan mablag’ning yarmini olish vaqtida ushlangan.