“Qora dayjest”: 2024-yil 18-fevral voqealari
Elektr uzilishidagi nosozliklar, "feyk" xabarlar toʻlqini, aliment toʻlovchi ayollar, kuyib ketgan bolakay — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.
2 daqiqa o‘qiladi

Angrenda bogʻcha bolasi kuyib qoldi
Toshkent viloyati Angren shahridagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida bir yosh-u sakkiz oylik bola 10-fevral kuni kuyib qolgan. Bolaning sakkiz foizi kuygan va shahar shifoxonasiga yotqizilgan, undan shahar hokimi oʻzi kelib xabar olgan. Ushbu holat boʻyicha jinoiy tergov harakatlari boshlangan.
Tarmoqlarda soxta 400 ming soʻmlik bankota tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda 100 ming soʻmlik banknotaning 400 ming soʻmlikka aylantirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank ushbu banknota soxta ekanligini taʼkidladi va ular fuqarolardan ushbu kabi aldovlarga ishonib qolmasliklarini soʻradi. Pul banknotlarini chiqarish va tasdiqlash huquqi toʻliq Markaziy bankka tegishli va ular 2022-yildan buyon qogʻoz pullar chiqarishgani yoʻq.
Svetaforlarni xususiylashtirish "feyk" ekanligi aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda endilikda svetaforlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar maxsus xat yuborib, oʻzi istagan joyga qoʻyishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bunga rasmiy munosabat bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi 348-qonunining 7-moddasiga koʻra, ushbu vakolatlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifasi ekanligi, 10-mlddasifa koʻra ularni Ichki ishlar vazirligi nazorat qilishini aytib oʻtdi. Ayni paytda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallarining egalaridan ushbu kabi asossiz xabarlarni tarqatmasligini soʻradi.
Aliment toʻlovchi ayollarning soni aytildi
Bugungi kunda aliment faqat erkaklar tomonidan toʻlanmaydi, baʼzi holatlarda farzandlarini tashlab ketgan onalar tomonidan ham aliment toʻlanadi. Majburliy ijro byurosi 2021 yilga koʻra, 3 mingdan ortiq ayol aliment toʻlaganini xabar qildi. Undan eng koʻpi Samarqandda, viloyatda 483 nafar ayol aliment toʻlasa, Samarqand shahrining oʻzida bu son 144 tani tashkil qiladi. Ikkinchi oʻrinda Fargʻona - 379 ta. Voyaga yetmaganlar uchun aliment toʻlashning eng kam miqdori, ayni paytda - 980 ming soʻmni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston chegarasiga yaqin joydan metan sizib chiqdi
Oʻzbekiston bilan chegaradosh Qozogʻistonning janubidagi Mangʻistau viloyatidan atmosferaga koʻp miqdorda metan sizib chiqqani aniqlandi. Bu voqea 2023-yilning iyunida sodir boʻlgan va bu haqida BBC xabar berdi. To dekabrgacha ushbu voqeaning oldi olinmagan, yongʻinlar 25-dekabrga kelibgina davlat nazoratiga olingan. Ushbu davr mobaynida metan yonishi natijasida atmosferaga 127 000 tonnadan ortiq tabiiy gaz atmosferaga chiqib ketgan. Tadqiqotlarga koʻra ushbu holat eng katta metan sizib chiqishidan biri boʻlishi mumkin va gaz sanoatiga taʼsir qilmay qoʻymaydi, hozirda vaziyat Qozogʻiston hukumati nazoratiga olingan.



