$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-fevral voqealari

qora 16

O‘zbekistonlik bloger Qozog‘istonda qo‘lga tushdi

Qoraqalpog‘istonlik faol Oqilbek Muratov O‘zbekiston talabiga binoan Olmaotada qo‘lga olindi. Olmaota politsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xalqaro va ushbu mamlakat politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Oqilbek Muratov qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

Shuningdek, “Huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk konvensiyasiga muvofiq Muratovga nisbatan ekstraditsiya masalasi Qozog‘iston Bosh prokuraturasi tomonidan hal qilinayotgani ta’kidlanadi.

Tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘g‘rilari ushlandi

Qashqadaryoning Paxtachi tumankda“Bo‘ston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 148,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Marg‘ilonda ham “M.P.” MCHJ rahbari M.P. (muqaddam sudlangan) “Pichoqchi” MFY hududidagi parrandachilik binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 140 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonliklar qutqarildi

O‘zbekistonning Ostonadagi elchixonasi Aqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentidan olgan ma’lumotga ko‘ra, 15 fevral kuni Ostona-Chelyabinsk yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan. Jaqsi tumani qutqaruvchilari avtobusdan 64 kishini evakuatsiya qilgan. Ulardan 27 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, shundan 12 nafari – bolalar. Qutqarilganlardan yana 33 nafari – Tojikiston fuqarolari (shundan 5 nafari – bolalar).

Qutqarilganlar Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib borishgan. Yo‘lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

Pedofil 16 yilga qamaldi

15-fevral kuni Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida 2017-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat bo‘yicha yopiq sud bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham ishtirok etdi. Hukmga ko‘ra, sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan aybli deb topildi. Unga nisbatan 16 yil ozodlikdan mahrum qilish va jazoni qattiq tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Теги :
Jamiyat