$
 12813.04
-12.39
 13457.54
-36.09
 122.60
1.62
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 4-dekabr voqealari

qora.4.12.

Namangandagi “zapravkada” “Niva” yonib ketdi

Namangan viloyati Pop tumanidagi “zapravkada” “Niva” rusumli mashina toʻliq yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3-dekabr kuni soat 18:06 da viloyat FVBga Pop tumani Chinor mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchada “Lada Niva” avtomobili yonlayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan soat 18:12 da yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va soat 18:19 da alanga toʻliq bartaraf etilgan.

Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan shaxslar yoʻq. 

Tomskda mast holda mashina boshqargan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi va mamlakatdan chiqarib yuborildi

Tomskda yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zbekistonlik erkakni mast holda mashina haydagani uchun to‘xtatdi. Unga 30 ming rubl miqdorida jarima solingan, ammo u mast holatda yana rulga o’tirdi, bu esa 100 ming rubl miqdorida jinoiy jarimaga olib keldi. Erkak jarimani to‘lashni istamagani uchun, sud ijrochilari esa suddan jazoni qattiqlashtirishni so‘ragan. Natijada u bilan migratsiya xizmati ham qiziqib qoldi va u vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. U qilmishi yanada og‘irroq oqibatlarga olib kelmasligi uchun tezda jarimani to’lashga qaror qildi.

Toshkentda avtobus yo‘lovchisiga tupurgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda sud mayda bezorilik qilgan erkakni 10 sutkaga hibsga olish haqida hukm chiqardi. Voqea avtobusda onasi bilan ketayotgan qiz isib ketib, kiyimini yechganidan keyin sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi aytganidek, uning yonida o‘tirgan erkak uni va onasini haqoratlay boshlagan, so‘ng uning yuziga tupurib, onasiga ham shunday qilish bilan tahdid qilgan.

Ayblanuvchi o‘z aybini tan olmadi va qizning “jamoat joyida yechingani” uchun g‘azablanganini va balki g‘azabdan uning yuziga tasodifan tupurik tushganini aytdi.

Sud erkakni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Novosibirskda 1,5 yoshli qizini zo‘ravonlik natijasida o‘ldirgan o‘zbek ayoli 4 yilga qamaldi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortildi. Oktabr tumani bo‘yicha tergov bo‘limi to‘plagan dalillar Novosibirsk viloyati sudida yetarli deb topildi va unga nisbatan hukm chiqarildi. Ayol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi «g» bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash, ya’ni tizimli ravishda kaltaklash yoki ruhiy azob yetkazish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Tergov va sudning aniqlashicha, 2021-yil iyunidan avgustiga qadar ayol o‘zining 1,5 yoshli qizini tarbiyalash jarayonida doimiy ravishda unga jismoniy va ruhiy zarar yetkazgan. Hatto kichik sabablarga ko‘ra ham bolani kaltaklagan. Avgust oyida qizcha vafot etgan, ammo ayol bu holat yuzasidan tibbiy muassasalarga murojaat qilmagan va o‘z qizi jasadini mustaqil ravishda ko‘mgan.

Sud tergovning dalillarini inobatga olib, ayolni aybdor deb topdi va unga 4 yil umumiy tartibdagi koloniyada jazo tayinladi.

“Afrosiyob” Xivaga qatnay boshlagani haqidagi xabarlar rad etildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 7-dekabrdan boshlab Xiva shahriga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumotlar haqiqatga mos emas.

Shu bilan birga, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘l yo‘nalishini elektrlashtirish doirasida bitta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayon yangi yo‘nalishni sinab ko‘rish va infratuzilmaning to‘liq foydalanishga tayyorligini baholash maqsadida amalga oshirilgan.