$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Erondan neft bo‘lmagan mahsulotlar eksportini 18 foizga oshirdi

Neft

Oʻzbekiston 2024-yil 20-martdan 20-dekabrgacha Erondan $292 millionlik neft bo‘lmagan mahsulot sotib oldi. Bu haqda Trend nashri Eron bojxona maʼmuriyati maʼlumotlariga tayanib, xabar berdi.

Importi 414 ming tonnage yetdi

Taʼkidlanishicha, yetkazib berish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 18 foizga oshgan. Miqdor jihatidan mamlakatga neft bo‘lmagan mahsulotlar importi 14 foizga koʻpayib, 364 ming tonnadan 414 ming tonnaga yetdi.

Eron bilan tovar aylanmasi hajmi $497 millionga yetgan

Eron Oʻzbekistonga neftdan tashqari neft-kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, quvurlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va boshqa tovarlarni eksport qilgan. Ushbu davr mobaynida ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasining umumiy hajmi $358 millionni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Eron bilan tovar aylanmasi hajmi $497 millionga yetgan.

Eron oʻzbek haydovchilaridan undiriladigan yigʻimlar miqdorini kamaytirdi

Shuningdek, Eron hududi orqali avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar kamaytirilganligi haqida xabar bergan edik.

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Eron hududi orqali rivojlantirish, Eronda milliy haydovchilarimizdan undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni qisqartirish bo‘yicha Transport vazirligi tomonidan qator tizimli ishlar olib borilishi natijasida 2025-yil 10-yanvardan boshlab, Eron tomoni o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdorini 400 AQSh dollariga kamaytirdi.

Теги :
Jamiyat