$
 12129.01
37.79
 13968.98
124.53
 147.99
-1.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda Navro‘z sayllari o‘tkaziladigan manzillar e’lon qilindi

Navro‘z

Toshkent shahar hokimligi joriy yilgi Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxtning qaysi hududlarida ommaviy sayillar va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bayram dasturi an’anaviy qadriyatlar, xalq o‘yinlari va ko‘ngilochar chiqishlarni o‘z ichiga olib, poytaxtning deyarli barcha tumanlarini qamrab oladi.

Asosiy bayram maydonlari va muddatlar

Bu yilgi tantanalarning markaziy nuqtalari sifatida bir nechta yirik lokatsiyalar belgilangan.

Asosiy bayram manzillari:

  • 21–22-mart — “O‘zbekiston ovozi” turizm ko‘chasi (Bosh manzil)
  • 21–22-mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi
  • 21–23-mart — “Navro‘z” etno bog‘i
  • 21-mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi

 Shuningdek, quyidagi manzillarda ham sayillar bo‘lib o‘tadi:

  • 21-mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi
  • 21-mart — Bektemir tumani, “Coca-Cola” bog‘i
  • 21-mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, “Central Park”
  • 21-mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon
  • 21-mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)
  • 21–22-mart — Shayxontohur tumani, “Anhor Lokomotiv” bog‘i
  • 21–22-mart — Shayxontohur tumani, “Tashkent City” bog‘i
  • 21-mart — Uchtepa tumani, “Seul” ekobog‘i
  • 21-mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i
  • 21-mart — Yakkasaroy tumani, “Next” savdo majmuasi
  • 21-mart — Yashnobod tumani, “Ashxobod sayilgohi” bog‘i
  • 21-mart — Yangihayot tumani, “Mehrigiyo” maydoni

Bayram dasturi va tadbirlar mazmuni

Barcha belgilangan manzillarda tashrif buyuruvchilar uchun keng ko‘lamli madaniy va gastronomik dasturlar tayyorlangan. Tadbirlar davomida milliy taomlar va ko‘klam ne’matlarining namoyishi tashkil etilib, ochiq osmon ostida sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayonlari namoyish etiladi hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Madaniy qismda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari, hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlari ko‘rgazmalari o‘rin olgan. Shuningdek, bayram maydonlarida milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va turli qiziqarli bellashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu yilgi dastur an’anaviy qadriyatlarni saqlagan holda, aholi uchun unutilmas va yangi taassurotlarga boy lahzalarni taqdim etishga yo‘naltirilgan.

Теги :
Jamiyat