Normat Tursunov hokimlik va tibbiyot xarajatlari uchun 7,6 mlrd so‘m ajratdi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyishi e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, viloyat hokimligiga ma’muriy binodan foydalanish, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar uchun 3 mlrd 736 mln so‘m berilishi ma’lum qilingan. Farmonda qayd etilishicha, kechiktirib bo‘lmaydigan ayrim xarajatlar uchun 2024-yil boshidan aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lar va zaxira jamg‘armasi hisobidan 7 mlrd 622 mln so‘m ajratiladi.
Tibbiyot va boshqa xarajatlar
Shuningdek, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Yaponiya davlatining Jayka xalqaro tashkiloti hisobidan keltirilgan "Sumadzu" rentgen-angiograf uskunasi trubkasi yaroqlilik muddati tugaganligi sababli ushbu uskunasiga rentgen trubkasi xarid qilish va kerakli jihozlar o‘rnatish xarajatlari uchun 992 mln, viloyat endokrinologiya dispanseriga 700 mln so‘m, fiziatriya va pulmonologiya markaziga zamonaviy jihozlar olib kelishga 700 mln so‘m, madaniyat boshqarmasiga Zomindagi festivalda viloyatda belgilangan hududlarni bezatish uchun 414 mln so‘m berilishi ma’lum qilingan.
Yaroqsiz holatga kelib qolgan ijtimoiy targ‘ibot bannerlarini yangilash uchun
Bundan tashqari, Ma’naviyat va ma’rifat markaziga yaroqsiz holatga kelib qolgan ijtimoiy targ‘ibot bannerlarini yangisiga almashtirish uchun 250 mln so‘m ajratiladi. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R. Sulaymonov zimmasiga yuklangan.



