Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +21° kechasi +11°

Oliy ta’lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishini tanlash boshlangan. Natijalar qachon e'lon qilinadi?

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta’lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishini tanlash boshlangan. Natijalar qachon e'lon qilinadi?

Tanlov 15 kun 

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugundan boshlab to 10-avgustga qadar, 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Buni my.uzbmb.uz platformasida amalga oshirish mumkin.

Nechta oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin?

Qayd etilishicha, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Natijalar qachon e'lon qilinadi?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Shuningdek, 2024-2025-yil uchun kvotalar ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra bakalavr kunduzgi 127 ming 995 ta, sirtqi 52 ming 129 ta, kechki 9 ming 158 ta, masofaviy shakldagi ta’lim uchun esa 5 ming 610 ta o‘rin ajratilgan.

Yetarli ballni to'play olmaganlar

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashgan 345 869 nafar abituriyent minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagani ma’lum bo‘lgandi. Bu jami abituriyentlarning 46,9 foizi hisoblanadi.