Iste’mol sektorida narxlar pastladi
Narxlarning qanchalik pastlaganligi haqida Statistika agentligi ma’lumotlari e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Narxlar pastladi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik 2023-yil iyul oyiga nisbatan o‘sish darajasi 10,5 % ni tashkil etgan.
Yillarning mos davriga ko‘ra narxlar pastlashi 2023-yilda 0,2 % ga, 2022-yilda esa o‘rtacha 0,1 % ga pasaygan.
Xizmatlar va oziq-ovqatlar
2024-yilning iyul oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 % ga oshgani kuzatilgan.
2023-yilda esa oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 0,9 % ga arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Narxlarni o‘rganilish jarayoni
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.



