Yil oxirida narxlar tushishi mumkin
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev yil oxiriga borib narxlar tushishi mumkinligini ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev yil oxiriga borib narxlar tushishi mumkinligini ma’lum qildi.
Umumiy inflyatsiyamiz 9 foizga tushadi
"Tadbirkorlikka elektr va gaz narxlari oshirilganda ikkinchi ma’lum bir oqibatlar, ya’ni zanjir effektini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki tadbirkor mahsulot narxiga qiymat qo‘shadi va hokazo. Lekin aholiga oshirilganda ikkinchi zanjir effekti bo‘lmaydi. Joriy yilning oxirigacha umumiy inflyatsiyamiz 9 foizga tushadi. Maydagi elektr va gaz narxlaridagi o‘zgarish jarayoni bir martalik va qisqa muddatli. Chunki bu yoqda bazaviy inflyatsiyani oshirishga sharoit yo‘q. U pastga qarab ketaveradi." — dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev
Inflyatsiyaning pasayishiga ta’sir qilgan bosh omil
Uning ta’kidlashicha, hukumat tomonidan bozorlar doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Agar oziq-ovqat yoki boshqa tovarlar narxi oshishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlansa, tezkor choralar ko‘riladi. Inflyatsiyaning hozirgi pasayishiga ta’sir qilgan bosh omil oziq-ovqat narxlarining barqaror qolganidir. Aytilishicha, bir masalani inobatga olish kerak, hozirgi elektr va gaz tarifidagi islohot o‘rta muddatli kelajakda bozorlarni mahsulotlarga to‘ldirish va narxlarni pasaytirishga yordam beradi.



