$
 12013.52
-10.88
 13649.76
6.88
 159.95
-0.46
weather
+26
Кечаси   +14°

Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi: Sabab sun’iy intellekt

ayfon

Apple kompaniyasi 25-iyun kuni MacBook, iPad va bir qator boshqa qurilmalari narxini bir zumda oshirdi. Kompaniyaning rasmiy onlayn do‘koni kechqurun bir necha soatga yopildi, qayta ochilganda narxlar tamomila o‘zgardi. Bu haqda Bloomber xabar berdi

Qaysi mahsulotlarining narxida o’zgarish bo’ldi?

Narx oshishi faqat ayrim modellar bilan cheklanmadi. Apple noutbuklar, stol kompyuterlari, planshetlar va uy qurilmalarining deyarli barcha asosiy turlarini qimmatllashtirdi.

Mac va MacBook’lar MacBook Neo — 599 dollardan 699 dollarga, 16,7 foizga;

13 dyuymli MacBook Air — 1 099 dollardan 1 299 dollarga, 18,2 foizga;

15 dyuymli MacBook Air — 1 299 dollardan 1 499 dollarga, 15,4 foizga;

M5 chipli MacBook Pro — 1 699 dollardan 1 999 dollarga, 17,7 foizga qimmatlashdi.

Eng katta nominal o‘sish M3 Ultra chipli Mac Studio‘da qayd etildi — uning narxi birdaniga 1 300 dollarga oshib, 3 999 dollardan 5 299 dollarga yetdi.

iPad’lar

Bazaviy iPad — 349 dollardan 449 dollarga, 28,7 foizga;

iPad mini — 499 dollardan 599 dollarga, 20 foizga;

11 dyuymli iPad Air — 599 dollardan 749 dollarga, 25 foizga;

13 dyuymli iPad Pro — 1 299 dollardan 1 499 dollarga qimmatlashdi.

Apple TV, HomePod va Vision Pro

HomePod mini — 99 dollardan 129 dollarga, 30,3 foizga;

128 GB xotirali Apple TV 4K — 149 dollardan 249 dollarga, 67,1 foizga;

Vision Pro esa 3 499 dollardan 3 699 dollarga ko‘tarildi.

Hozircha iPhone, Apple Watch va AirPods narxlariga o‘zgartirish kiritilmagan.

Narxlar nega oshirildi?

Apple qarorni tez sur’atlarda qimmatlashayotgan operativ xotira va ma’lumot saqlash chiplari bilan izohladi. Sun’iy intellekt kompaniyalari yirik ma’lumotlar markazlarini qurayotgani sababli serverlar uchun xotira chiplariga talab keskin oshgan. Ishlab chiqaruvchilar yuqori daromad keltiruvchi AI serverlari buyurtmalariga ustuvorlik bermoqda, natijada oddiy noutbuk, planshet va smartfonlar uchun mo‘ljallangan chiplar taklifi qisqargan.

TrendForce hisob-kitoblariga ko‘ra, an’anaviy DRAM xotira chiplari narxi 2026 yilning birinchi choragida qariyb ikki baravarga oshgan. Ikkinchi chorakda esa narxlarning yana 58–63 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Narxlar oshishining ta’siri

Apple shu paytgacha oshgan xarajatlarning katta qismini o‘z zimmаsiga olganini, biroq endi avvalgi narxlarni saqlab qolish imkoniyati qolmaganini bildirdi. Narxlarning oshirilishi kompaniya aksiyalariga ham bosim o‘tkazdi.

E’lon ortidan Apple aksiyalari qariyb 5 foizga pasaydi — bu 2025 yil aprelidan beri kompaniya uchun eng katta bir kunlik yo‘qotish bo‘ldi.

Tahlilchilar xotira chiplari bilan bog‘liq xarajatlar kamaymasa, kuzda taqdim etilishi kutilayotgan yangi iPhone modellari ham qimmatroq narxda sotuvga chiqarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Eslatib otamiz, mazkur narxlar AQSHdagi Apple Store uchun belgilangan bo‘lib, soliqlarni o‘z ichiga olmaydi. O‘zbekistondagi chakana narxlar yetkazib berish xarajatlari, valyuta kursi va sotuvchilar ustamasiga qarab bundan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat