$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Chetdan keltirilgan deyarli 20 kilogramm narkotik moddalar musodara qilindi

Narkotik moddalar

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan reydlarda 19,7 kilogrammlik sintetik narkotik moddalar topib, musodara qilindi. Taxminlarga ko‘ra ushbu noqonuniy moddalar Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan.

10 kg.dan ortiq giyohvand moddalar Qibrayda

Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning uyidan 10 kilogramm 228 gramm turli narkotik moddalar, jumladan, 4 kilogramm 824 gramm “Mefedron”, 3 kilogramm 274 gramm “Spays”, 2 kilogramm 130 gramm “Alfa-PVP” kabi moddalar topildi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu narkotik moddalar bojxonani chetlab o‘tilgan holda, Qozog‘istondan olib kirilgan hamda mayda bo‘laklarga bo‘lib, internetda sotish uchun tayyor qilib qo‘yilgan.

Zangiotada ehtiyot qismlari ichida yashirincha olib kirilgan

Boshqa bir Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro Rossiyadan avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirib yuborilgan moddalar bilan ushlandi. 3 dona avtomobil ehtiyot qismlari ichida 3 kilogramm 780 gramm “Mefedron” moddasi bo‘lgan. DXX xodimlari 2 nafar Toshkent viloyatlik va bir nafar poytaxtlik fuqarolarni “savdolashish” paytida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Sirdaryolik yigit Toshkentda qo‘lga tushdi

Yashash joyi Sirdaryoda bo‘lgan, vaqtincha Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashayotgan fuqaro uyida 5 kilogramm 687 gramm “Pregabalin” giyohvand moddasi bilan qo‘lga tushdi. Ushbu Rossiyadan keltirilgan sintetikalarni u Yangihayot va Sergelidagi “tochka”larga joylashtirib, keyin Telegram tarmog‘I orqali sotmoqchi bo‘lgan.

Barcha holatlarda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aniqlangan barcha holatlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshilik sifatida baholanib, jinoiy ish ochildi. Sudgacha ehtiyot chorasi sifatida vaqtinchalik qamoq jazosi qo‘llanildi.

Теги :
Жамият