$
 12884.62
-15.29
 13495.35
-12.15
 148.85
2.11
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

BMT: “Yaqin va O‘rta Sharqda narkotik ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi”

narkotik

BMT dunyo miqyosida narkotik savdosi bo‘yicha o‘z hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yaqin va O‘rta Sharqda narkotik ishlab chiqarish rekord darajaga yetgan.

Iroqda narkotik moddalar aylanmasi so‘nggi yillarda keskin o‘sgan

Ma’lum qilinishicha, Iroq va unga qo‘shni mamlakatlar so‘nggi besh yil ichida taqiqlangan moddalar aylanmasi va ulardan foydalanishning keskin o‘sishni qayd etgan. 2019-yildan 2023-yilgacha Iroqda musodara qilingan moddalar miqdori deyarli 3380 foizga oshgan.

Iroq 2023-yilning yanvar-dekabr oylari oralig‘ida 4,1 milliarddan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi tabletkalar musodara qilingani haqida ma’lumot bergan. Yaqin va O‘rta Sharqda musodara qilingan moddalar (asosan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar ko‘rinishida) 2020-yildan beri ikki baravarga ko‘payib, 2021-yilda rekord darajadagi 86 tonnaga yetgan.

Giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha yetakchi hudud

Shuningdek, Livan sharqidagi Bekaa vodiysi uzoq vaqtdan beri giyohvand moddalar yetishtirish bo‘yicha dunyodagi eng yirik hududlardan biri sifatida tanilgan. Bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat gashish ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu borada Bekaa vodiysining shia aholisi orasida alohida nufuzga ega bo‘lgan “Hizbulloh” shia ekstremistik tashkilotiga ko‘plab ayblovlar qo‘yilmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu taqiqlangan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar Suriyadagi jangovar harakatlar ishtirokchilari orasida tarqalgan.

 Eng yirik afyun yetkazib beruvchi mintaqa

Bundan tashqari, Afg‘oniston 2022-yilda Tolibon tomonidan qo‘yilgan “ta’qiq”qa qaramay, dunyodagi eng yirik afyun yetkazib beruvchiligicha qolmoqda.

Osiyo mintaqasida giyohvand moddalar ishlab chiqarishdan manfaatdor guruh sifatida esktremisitik va terroristik tashkilotlar ekanini alohida qayd etish lozim. O‘rta Osiyoda ham ko‘p holatlarda aynan giyohvand moddalar savdosi yoki iste’moli ortidan yoshlar aynan shu guruhlarning doirasiga tushib qolmoqda.