$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoshlar orasidagi giyohvandlik darajasi oshmoqda

Narkotika

Dunyo miqyosida so‘nggi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshgan, ko‘rsatkich 2011-yildagi 240 milliondan 2021-yilda 296 million kishiga yetgan. Bu dunyo aholisining o‘sishi bilan qisman bog‘liq, xolos. 

Xuddi shu davrda giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekadiganlar soni 45 foizga o‘sib, 39,5 million kishini tashkil etdi. 

Afsuski, yurtimizda ham ushbu koʻrsatkichlar yildan-yilga oshib bormoqda va bunday noqonuniy harakatlarlarning asosiy ishtirokchisi yoshlardir.

2020-yilda 6032 ta

Masalan, 2020-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko‘paygan.

2021-yilda 7142 ta

2021-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 7142 ta jinoyat fosh etilib, 1 tonna 864,4 kg. miqdordagi giyohvand moddalar yoʻq qilingan.

2022-yilda 5097 ta

2022-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga oid 5 097 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 5 863 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlangan.

Mahkumlar orasida yoshlar salmogʻi koʻpaymoqda

Mahkumlar orasida yoshlar salmog‘ining ortib borayotgani achinarli. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 19,1 foizni, 2019-yilda 22,6 foizni, 2020-yilda 24,8 foizni, 2021-yilda 21,6 foizni, 2022-yilda 25,3 foizni tashkil etgan. Xoʻsh, ushbu koʻrsatkichlar bilan Oʻzbekiston narkotik isteʼmolida dunyoda nechanchi oʻrinda turadi?

Oʻzbekistonning narkotik isteʼmolidagi oʻrni

World Population Review eʼlon qilgan dunyo boʻylab narkotik isteʼmol qilish reytingida Oʻzbekiston 95-oʻrinni egalladi. Bu koʻrsatkich bilan mamlakat Markaziy Osiyoning besh respublikasida oxirgi oʻrinni egallagan. 

Reyting tuzilishiga asos

Reyting BMTning Narkotiklar boʻyicha Jahon hisoboti va JSSTning global observatoriyasi maʼlumotlariga tayangan holda tuzilgan.

Oʻzbekiston reytingda Saudiya Arabistoni va Shri-Lanka oraligʻida joylashgan. 

Eng koʻp isteʼmol qiladigan davlat

Giyohvand moddalar eng koʻp isteʼmol qilinadigan davlat — AQSh. Undan keyingi oʻrinlarni Estoniya, Belarus, Mongoliya, Kanada, Rossiya kabi davlatlar egallagan. 

Markaziy Osiyodagi vaziyat

Markaziy Osiyoda Qozogʻiston TOP-10'talikga kirgan boʻlsa (8-oʻrin), Qirgʻiziston 23-oʻrin, Turkmaniston 41-oʻrin va Tojikiston 76-oʻrinda qayd etilgan.

Eng koʻp tarqalgan giyohvand modda

Taʼkidlanishicha, nasha dunyodagi eng keng tarqalgan giyohvand modda boʻlib qolmoqda. U 154 ta mamlakat va hududlarda, opium esa 57 ta davlatda eng koʻp yetishtirilgan giyohvand moddaga aylangan.