$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka”lardagi naqdsiz to‘lovlar qanday ketyapti?

Petrol

O‘zbekiston bank-moliya tizimida naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lami kengayib, raqamli to‘lov vositalariga bo‘lgan talab barqaror o‘sishda davom etmoqda. Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan so‘nggi statistik ma’lumotlar mamlakatimizdagi to‘lov infratuzilmasi va iste’mol madaniyatidagi jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda.

To‘lov infratuzilmasi

Bugungi kunda respublikamiz moliya bozorida muomaladagi bank kartalarining umumiy soni 70 milliondan oshib ketgan. Bu raqam aholining bank xizmatlariga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi. Mazkur kartalarning 170 mingga yaqinini mijozlarga tezkorlik bilan taqdim etiladigan "moment" kartalar tashkil etmoqda.

1

Shu bilan birga, infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Xususan, 10-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab:

  • 46 mingdan ziyod bankomat, ADM va infokiosklar;
  • 7 mingdan ortiq naqd pul qabul qilish funksiyasiga ega maxsus qurilmalar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

“Zapravka”lardagi tushumlar dinamikasi

Raqamlashtirish jarayonlari yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda respublikada 60 mingdan ortiq maxsus yoqilg‘i kartalari faol holatda bo‘lib, ular orqali hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, aprel oyining birinchi o‘n kunligida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida pul aylanmasi sezilarli darajada faollashgani kuzatildi. Faqatgina 3-apreldan 8-aprelga qadar bo‘lgan qisqa muddat ichida “zapravka”larning umumiy tushumi 720 milliard so‘mdan oshib ketdi.

2

Tushumlar dinamikasini kunbay tahlil qiladigan bo‘lsak, 3-aprel kuni qayd etilgan 92 milliard so‘mlik ko‘rsatkichdan so‘ng, keyingi uch kunda (4-6-aprel) keskin sakrash kuzatilgan. Ushbu uch kunlik muddatda jami tushum 395,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Haftaning so‘nggi kunlarida ham barqarorlik saqlanib qoldi: 7-aprel kuni 116,1 milliard so‘m, 8-aprelda esa 117,1 milliard so‘m mablag‘ yoqilg‘i quyish shoxobchalari hisobiga kelib tushgan.

Теги :
Jamiyat