$
 12158.13
-33.12
 14166.65
55.28
 153.98
-0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

1-apreldan qaysi mahsulotlar uchun naqd pul toʻlay olmaymiz?

Naqd va karta Foto: Kun

Bugungi kunda koʻpchilikda 1-apreldan qaysi turdagi xizmatlar uchun toʻlovlar toʻliq naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi, degan savol tugʻilmoqda. Aksariyat kishilarni esa oʻzi bu ish nega kerak boʻlib qolgani oʻylantiryapti. Ushbu qaror boʻyicha masʼullardan tushuntirish oldik.

Bundan maqsad nima?

Soliq qo‘mitasi soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi boshlig‘i Ismatulla Sevinchev uy-joy va mashina kabi oldi-sotdilarning naqd pulda amalga oshirilishi bekor qilinishidan koʻzlangan maqsad haqida tushuntirib berdi:

“Asosiy maqsad – yashirin iqtisodiyotni qisqartirish. Hisob-kitoblar naqd pulda qilingani oqibatida, bu oldi-berdilar mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida aks etmaydi va bundan davlatimiz byudjetiga soliqlar kelib tushmaydi. Yashirin iqtisodiyot ko‘lami juda yuqoriligicha qolyapti. Hozirda naqdsiz hisob-kitoblar ulushi 63 foiz bo‘lsa, ana shuni 2030- yilgacha 75 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Masalan, o‘sha chet mamlakatlarda hamma hisob-kitoblar naqdsiz amalga oshirilgani sababli yalpi ichki mahsulotda borib ko‘rinadi, statistika hisobotlarida ko‘rinadi, oxir-oqibat tovar aylanmasi oshib, davlat byudjetiga mablag‘ kelib tushadi. Buning oqibatida mamlakatning iqtisodiy qudrati kuchayadi, aholining ijtimoiy himoyasi ko‘payadi.

Uy-joy va avtomobil oldi-sotdisidan tashqari, 25 million so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar barchasi naqd pulsiz amalga oshirilishi talab etiladi.

Masalan, shahar avtobuslarida naqd to‘lovlar bekor qilinganidan keyin, tushumlar bir necha barobarga oshgani kuzatildi”, - deydi mutaxassis.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tushuntirishi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati esa 1-apreldan aynan qaysi turdagi xizmatlar uchun naqd pulsiz amalga oshirilishini batafsil aytib oʻtdi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi 6 turdagi savdo va xizmatlar uchun toʻlovlar toʻliq naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi:

— davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;

— elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun toʻlovlar;

— alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi;

— transport vositalariga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transport vositalarini zaryadlash boʻyicha xizmatlar;

— qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari qiymati 25 million soʻmdan oshadigan tovar va xizmatlar savdosi;

— koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga oʻn yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish”.

Теги :
Jamiyat