$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

Pensiya Daryo

Joriy yilning 4-fevralida Statistika agentligi “2024-yil dekabr oyida o‘tgan yilning may oyiga nisbatan hisoblangan iste’mol narxlari indeksidan kelib chiqib, 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari (MIX) qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etgani”ni ma’lum qildi.

Bunga qanday asos bor?

Shu munosabat bilan hamda Konstitutsiyaning 46-moddasi (qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas)ga ko‘ra, pensiya, nafaqa va qonun bilan belgilangan boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar miqdori rasman oshirilishi mumkin. 

Bunda ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdorlari oyiga 669 ming so‘mga yetkazilishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday holat 2024-yilning aprelida ham kuzatilgan va bu Prezidentning PF–69-son farmoni bilan tartibga solingan edi.

Unda 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilanganligi sababli tegishlicha pensiyalarning ham miqdori oshirilgan.

Теги :
Jamiyat