Oʻzbekiston Rossiyadan 968 tonna muzqaymoq import qildi
Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoqlarnining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar roʻyxati eʼlon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Import qilgan davlatlar
2024-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar orasida Rossiya 968 tonna bilan birinchi oʻrinda turibdi.
Eng koʻp import qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 618 tonna
Fransiya – 53,8 tonna
Belarus R. – 36,7 tonna
Litva – 17,4 tonna
Oʻtkan yilgi koʻrsatkich
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 million dollarga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Qayd etilishicha, muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.
Rossiya yetakchi
2023-yilning 4 oyida O‘zbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya – 330 tonna;
Qozog‘iston – 127,2 tonna;
Qirg‘iziston – 16,4 tonna;
Litva – 8,6 tonna;
Fransiya – 7,4 tonna.



