Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +10°

Sirdaryoda "Anjan мороженое" savdosiga chek qo'yildi

Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasiga ko'ra, bu kabi mahsulotlar iste'moli organizmning kuchli suvsizlanishi, holsizlik, isitma va qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda "Anjan мороженое" savdosiga chek qo'yildi

"Aholi o'rtasida ovqatdan ommaviy zaharlanishlar bilan bogʻliq epidemik vaziyat hamda yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida" kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida Oqoltin tumani hududidan o'tuvchi katta yo'l yoqalarida "Anjan мороженое" savdosi bilan shug'ullanuvchi fuqarolar faoliyatiga chek qo'yildi - deb xabar beradi Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi. 

Nega yo'l yuzida sotiladigan oziq-ovqatlar xavfli bo'lishi mumkin?

Yo‘l yuzida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya talablariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, oziq-ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, suv, vitamin va uglevodlar mikroblarning ko‘payishi uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Hozirgi issiq ob-havo sharoitida yo‘l yuzida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati tez buziladi. Bir qarashda xavfsiz ko‘ringan mahsulotlar turli xildagi zaharlanishga, buning natijasida organizmning kuchli suvsizlanishi, holsizlik, isitma va qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin. 

"Anjan мороженое" savdosiga chek qo'yildi

Sanepidqo‘mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Oqoltin tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan katta yo‘l yuzida belgilanmagan joyda sanitariya talablariga zid ravishda sotilayotgan muzqaymoqlar savdosi bartaraf etildi. 

Shuningdek, belgilanmagan joyda muzqaymoq sotayotgan fuqarolar bilan aholiga noqulaylik keltirmaslik va sanitariya talablariga zid ravishda yo‘l yuzida savdo faoliyatini olib bormaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Issiq haroratda saqlanadigan muzqaymoqlar noma'lum sharoitda tayyorlangani sabab sog'likka ziyon 

Salqin ichimlik yoki muzqaymoq xarid qilayotganingizda sovutkichlarda saqlanayotgan, yorliqlari mavjud bo'lgan mahsulotlarni xarid qiling. Noma'lum sharoitda tayyorlangan, issiq haroratda saqlanayotgan mahsulotlar salomatlikka ziyon yetkazadi. 

Yo'l yuzida savdo qiladiganlarga tavsiya 

Yo‘l yuzida duch kelgan joyda oziq-ovqat mahsulotlari sotish aholining transport vositalari yoki piyoda harakatlanishi uchun sezilarli darajada noqulaylik keltirib chiqaradi. 

Shu sababli, sotuvchi va fuqarolarga yo‘l yuzida duch kelgan joyda emas, balki o‘zlariga yaqin bo‘lgan hududdagi bozor rastalarida savdo faoliyatini olib borishlari tavsiya etiladi.