$
 12676.73
70.0
 14874.87
25.4
 161.03
1.17
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Apple Music 10 yilligi munosabati bilan eng ko‘p tinglangan 500 ta qo‘shiqni e’lon qildi

Apple music

📍 Apple Music striming xizmati o‘zining 10 yilligi munosabati bilan eng ko‘p tinglangan 500 ta qo‘shiq ro‘yxatini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni britaniyalik xonanda Ed Sheeranning "Shape of You" qo‘shig‘i egalladi.

– Ushbu qo‘shiq 2017-yilda chiqqan bo‘lib, pop musiqalar toifasida butun dunyo bo‘ylab rekord darajada tinglangan.

– "Shape of You" qo‘shig‘i ming kundan ortiq vaqt davomida kamida bir mamlakatning Top Songs chartida yetakchilik qilgan.

🎶 Reytingdagi o‘rinlar:

Ikkinchi o‘rinda The Weekndning "Blinding Lights" qo‘shig‘i turadi, u Global Daily Top 100 reytingining eng kuchli o‘ntaligida 180 kundan ortiq vaqt turgan.

Uchinchi o‘rinda esa Drakening "God’s Plan" qo‘shig‘i joy oldi, bu trek Apple Music tarixidagi eng ko‘p tinglangan hip-hop qo‘shig‘i bo‘ldi.

💥 Drakening qo‘shiqlari:

Drakening yana 26 qo‘shig‘i 500 talik ro‘yxatga kirdi, ulardan 9 tasi birinchi yuztalikda joylashgan.

🌟 Kuchli o‘nlikni yakunlagan qo‘shiqlar:

To‘rtinchi o‘rinda Post Malone ijrosidagi "Sunflower" qo‘shig‘i,

Beshinchi o‘rinda esa "Rockstar" qo‘shig‘i turadi.

– Kuchli o‘nlikni quyidagi qo‘shiqlar yakunlaydi:

"One Dance" – Drake

"Sicko Mode" – Travis Scott

"Perfect" – Ed Sheeran

"No Guidance" – Chris Brown

"Bad Guy" – Billie Eilish

🎄 Bayramona kayfiyat baxsh etuvchi qo‘shiq:

Mariah Careyning "All I Want for Christmas Is You" qo‘shig‘i ham ro‘yxatga kirdi.

🎸 Eng qadimgi qo‘shiq:

Queen guruhi ijrosidagi "Bohemian Rhapsody" 156-o‘rinni egalladi.

👩‍🎤 Ayollar orasidagi eng ko‘p qo‘shiq bilan ijrochi:

Taylor Swift bo‘lib, u 14 ta qo‘shig‘i bilan ro‘yxatga kirgan va "Cruel Summer" asari bilan 57-o‘rinni egallagan.

🎶 Reytingning yakuniy qo‘shig‘i:

Travis Scottning "Fair Trade" qo‘shig‘i Apple Music reytingini yakunlagan.

Теги :
Jamiyat