Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga qaysi hududdan koʻproq murojaat kelib tushmoqda?
2024-yilning o‘tgan davrida qo‘mita hamda hududiy bo‘linmalarga jami 42 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
2 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning o‘tgan davrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda hududiy bo‘linmalarga jami 42 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishida maʼlum qilindi.
Murojaatlarga sovuqqon munosabat
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining hududiy rahbarlari joylarda fuqaro murojaatlari bilan ishlash borasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha hisobot berdi.
O.Parpiboyeva tomonidan joylarda murojaatlarga e’tiborsizlik bilan qarash, ularni chuqur o‘rganmaslik va yuzaki yondashish, fuqarolarga yetarli axborot materiallari va tushuntirishlar berilmayotgani oqibatida takroriy ariza va shikoyatlar soni ortayotgani; xodimlar xatti-harakatlari va faoliyatidan norozilik mazmunidagi shikoyatlarga e’tiborsizlik yoki asosli javob bermaslik; sayyor qabullarning tashkil qilinishidagi kamchiliklar; shaxsiy qabullarni ro‘yxatga olishdagi hamda murojaatlarni noto‘g‘ri tasniflashdagi kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatlar oʻrganilyaptimi?
2024-yilning o‘tgan davrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda hududiy bo‘linmalarga jami 42 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlardan 58 foizi ijobiy hal etilgan, 35 foizi bo‘yicha tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Qaysi viloyatlardan koʻproq?
Murojaatlarning ko‘p qismi Qashqadaryo (3545 ta), Surxondaryo (2989 ta), Samarqand (2982 ta), Farg‘ona (2792 ta), va Toshkent (2741 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.



