$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

BAAda o‘ldirib ketilgan isroillik ravvin ishi yuzasidan 3 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

BAA Ichki ishlar vazirligi xodimlari Zvi Kogan qotilligi bo‘yicha 3 kishini hibsga oldi.

O‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin

BAA politsiyasi Isroil fuqarosi Zvi Koganning o‘ldirilishida ayblab, uch nafar O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi:

Olimboy Tohirovich – 28 yosh;

Maxmudjon Abduraxim – 28 yosh;

Azizbek Kamilovich – 33 yosh.

Ularga mamlakat qonunchiligi bo‘yicha ularga eng og‘ir jazo — o‘lim jazosi ham berilishi mumkin.

Vazirlik xavfsizlik organlarining jinoyatning tafsilotlari, holatlari va sabablarini aniqlash uchun zarur choralarni ko‘rishni ta’kidlagan.

Zvi Kogan haqida

Zvi Kogan 21-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan. Uning o‘ldirilgani, qotillar esa Turkiyaga qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgan. Isroilning Walla yangiliklar portali Isroil hukumati ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga ega ekani haqida yozdi.

Marhum Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lib, yahudiylarning “Xobod” diniy harakatida faoliyat yuritgan va uning Abu Dabidagi vakili bo‘lgan. Shuningdek, u yahudiy jamoasining bosh ravvini yordamchisi va Dubaydagi “Rimon” kosher supermarketining rahbari edi.

Koganning rafiqasi AQSH fuqarosi bo‘lib, u bilan BAAda yashagan. U 2008-yilda Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan hujumda o‘ldirilgan ravvin Gavriel Xolsbergning jiyani hisoblanadi.

Jinoyatchilar jazolanishi uchun Isroil hukumati qo‘ldan kelgancha harakat qiladi

Zvi Koganning o‘ldirilishi jinoiy antisemitik terrorchilik harakatidir. Isroil davlati uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilarni, albatta, javobgarlikka tortadi va buning uchun barcha yo‘llar bilan harakat qiladi, deya ta’kidlangan edi Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.