$
 12024.40
7.36
 13642.88
-69.76
 160.41
-0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev To‘qayev bilan nimalarni muhokama qildi?

Mirziyoyev va To‘qayev

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 24-iyun kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Iqtisodiy va tarmoqlararo hamkorlikning holati

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi amaliy hamkorlik yuqori sur’atda rivojlanayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, barcha darajadagi o‘zaro aloqalar faol davom etayotgani e’tirof etildi.

Prezident administratsiyalari o‘rtasidagi kelishuvlar

Prezidentlar ikki davlat rahbarlari administratsiyalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlikni ijobiy baholadilar. Ushbu hamkorlik avval erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida bajarish hamda sheriklik aloqalarini yangi loyiha va tashabbuslar bilan kengaytirishga xizmat qilayotgani aytildi.

Mintaqaviy aloqalar va bo‘lajak tadbirlar

Muloqot davomida mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bundan tashqari, rahbarlar rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Saida Mirziyoyevanign Qozog‘istonga tashrifi

Ma‘lumot uchun, 21-iyun kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonga borgan edi. Tashrifi doirasida Mirziyoyeva mamlakat rahbariyati va davlat tuzilmalari mutasaddilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazgan. Xususan, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qilingan edi. 

Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan muzokaralar o‘tkazib, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini qat’iy nazorat qilish va administratsiyalar o‘rtasida tezkor hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 

Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuvda esa madaniy aloqalarni kuchaytirish, yoshlarning munosabatlardagi ishtirokini kengaytirish va yuqori texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratdi. 

Bundan tashqari, Saida Mirziyoyeva Toshkentda ham tashkil etilishi rejalashtirilayotgan moliya markazi loyihasi uchun amaliy tajriba to‘plash va mintaqaga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Теги :
Jamiyat